Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»
«Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli»ga 2 mart kuni Xitoydan zamonaviy va yuqori quvvatga ega bo‘lgan yuk va yo‘lovchi lokomotivi keltirildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar qildi.
Qayd etilishicha, elektrovozni sotib olish Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Lokomotivlarni sotib olish yo‘li bilan lokomotivlar parkini yangilash» loyihasi doirasida amalga oshirilgan. Xitoy davlat xolding kompaniyasi CRRC Group’da O‘zbekiston iqlim sharoitlarini inobatga olib ishlab chiqarilgan elektrovozlar o‘zini yaxshi tomonidan ko‘rsatgan. Yangi keltirilgan elektrovoz yuqori quvvatga ega 2 seksiyadan iborat 8 o‘qli yo‘lovchi va yuk elektrovozi hisoblanadi.
Uning quvvati 9600 kVtni tashkil etadi. Shu tufayli lokomotiv barcha ob-havo sharoitlarida og‘ir yuklar bilan ortiqcha qiyinchiliklarsiz harakatlana oladi. Texnik tavsifiga ko‘ra, mazkur turdagi lokomotiv tezlikni soatiga 120 kilometrgacha oshirishi mumkin. Har bir lokomotivning ishlash muddati — 40 yil.
Elektrovoz Toshiba kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan TCMS zamonaviy nazorat-diagnostika tizimi bilan jihozlangan. Ushbu tizim elektrovozni ortiqcha yuklanishlardan, nosozliklardan himoya qiladi va mashinistga o‘z vaqtida xabar beradi. Ya’ni elektrovozning elektron uskunalarining holati, yuqori va past kuchlanishli elektr jihozlarining holati, tormoz, xavfsizlik, radioaloqa va boshqa tizimlarning sozligi bo‘yicha monitor orqali ko‘rsatib turadi. Safar davomida uskunalarda muammo aniqlansa, ushbu xabar ichki kompyuter monitoriga chiqariladi. Shuningdek, uni bartaraf etish choralari haqida ma’lumot ham beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda O‘zbekiston Xitoydan elektr energiyasini tejaydigan 24 ta elektrovoz xarid qilishi, loyihani amalga oshirish muddati — 2019—2020 yillar ekani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...