Majburiy ijro byurosi organlarida joriy yilning 21 fevral kunidan 31 mart kuniga qadar “Aliment undiruvi oyligi” - deb e’lon qilinib, joylarda aliment undiruvlari sohasidagi ishlarni jadallashtirish bo‘yichap chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, Byuroning Urganch shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 07.05.2018 yildagi qarzdor K.B.dan undiruvchi M.A.ning foydasiga uch nafar farzandlari ta’minoti uchun ½ qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi jami 23.8 mln. so‘mni tashkil qilgan. Qarzdor K.B. bir necha bor aliment pullarini to‘lash shartligi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lsada, lekin alimentdan bo‘lgan qarzdorligini to‘lamay kelganligi sababli, sud tomonidan unga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Qarzdor ma’muriy qamoq jazosini o‘taganidan so‘ng, Byuro xodimlarining profilaktik suhbatlari, tushuntirish ishlari natijasida undiruvchi foydasiga farzanlardi 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 145 mln. so‘m pul mablag‘larini olindan to‘lab berdi va va ijro hujjati amalda tamomlandi.
Shuningdek, fuqaro A.S. dan undiruvchi N.X.ning foydasiga to‘rt nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning oylik daromadining ½ qismi miqdorida aliment mablag‘larini qasdan to‘lamagani uchun 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosiga tayinlangan edi.
Bundan xulosa chiqarmagan A.S. belgilangan jazoni o‘tab bo‘lgandan so‘ng ham aliment pullarini qasddan to‘lamay yurgan. Holat yuzasidan A.S.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur jinoyat ishini Urganch tuman sudi ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”