22:50 / 03.03.2022
1 108

Sayxunobodda «Aliment undiruv oyligi» davom etmoqda

Sayxunobodda «Aliment undiruv oyligi» davom etmoqda
Muqaddam xabar berilganidek, Byuro organlarida joriy yilning 21 fevral kunidan 31 mart kuniga qadar “Aliment undiruvi oyligi” - deb e’lon qilindi.

Bu borada Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 2020 yil 02 oktabrdagi buyrug‘iga asosan qarzdor S.Raximovdan undiruvchi T. Raximovaga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Sud qaroriga asosan MIB Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Qarzdor ota voyaga yetmagan farzanidning moddiy ta’minoti uchun aliment pulini oldindan to‘lab berish imkoniyati borligini bildirib, MIB xodimlariga murojaat qilgan.

Shundan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan bir nafar farzandi uchun qarzdor ota sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda 6 000 AQSH dollari aliment puli naqd to‘lab berildi va taraflar o‘zaro kelishganligi sababli ijro hujjati Qonuning 40-moddasi 1-bandiga asosan undiruvchiga qaytarildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sayxunobodda «Aliment undiruv oyligi» davom etmoqda