1 232
"Bir oy ichida o‘zgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi" — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev talabalarning bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini oshirish yuzasidan videoselektor o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yig‘ilishda davlat rahbari bir oy muddat ichida talabalar yotoqxonasi masalasida o‘zgarish qilmagan hokim va OTM rektori ishdan olinishini ta’kidladi, deb xabar beradi uning matbuot kotibi Sherzod Asadov.
«2021 yilda talabalar yotoqxonasi bo‘yicha tizim yaratildi. Lekin, barcha hududlarda ham ishlar bir xilda olib borilmayapti», — deydi davlat rahbari.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda ehtiyoji bo‘lgan talabalarning 90 ming nafari yotoqxona bilan ta’minlangan, xolos.
Misol uchun, 2022 yilda xususiy sherikchilik asosida 19 ming o‘rinli 47 ta talabalar yotoqxonasini qurish belgilangan bo‘lib, subsidiyalar uchun budjetdan 180 milliard so‘m ajratilgan. Bugungi kunda Andijon, Samarqand va Toshkent shahridan tashqari boshqa hududlarda ish boshlanmagani tanqid qilingan.
Shuningdek, ijarada yashayotgan talabalarga 2022 yilda budjetdan 120 milliard so‘m subsidiyalar ajratilgan. Ya’ni rektorlarga o‘tgan ikki oyda 24 milliard so‘m mablag‘ berilgan. Biroq ushbu mablag‘lardan atigi 5 milliard so‘m ishlatilgan. «Bir oy ichida o‘zgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qaysi oliygoh rektori yotoqxona qurilishining 50 foizini o‘z oliygohi mablag‘i hisobidan qilish tashabbusini bildirsa, qolgan 50 foizi budjetdan qoplanishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi