17:35 / 05.03.2022
1 033

Shumanoyda 12 nafar xodimning 83 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berildi

Shumanoyda 12 nafar xodimning 83 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berildi
Majburiy ijo byurosi Sho‘manoy tumani bo‘limi ish yurituvida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 21.10.2020 yilgi ijro hujjatiga asos qarzdor Sho‘manoy “Agroservis MTP” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchilar ushbu jamiyatning 12 nafar ishchisi foydasiga jami 83 mln. 11,4 ming so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirib berish haqidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor jamiyat hisobidagi ma’muriy, ustaxona va qorovulxona binolari xatlovga olingan va tegishli tartibda realizatsiya qilishsh uchun elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Natijada, mazkur mol-mulklar sotilib, kelib tushgan mablag‘lar hisobidan 12 fuqaroning belgilangan jami 83 mln. 11,4 ming so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari to‘lanib berilgan.

Shu sababli, makur ijro ishi O‘zbekiston Respublikai “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan amalda ijro etilganligi sababli tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shumanoyda 12 nafar xodimning 83 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berildi