15:14 / 06.03.2022
1 371

Buxoroda tadbirkordan oyiga 500 ming soʻmdan pul undirib kelgan soliqchi qoʻlga olindi

Buxoroda tadbirkordan oyiga 500 ming soʻmdan pul undirib kelgan soliqchi qoʻlga olindi
Buxoroda tadbirkorga davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat yuritishi evaziga undan oyiga 500 ming soʻm pul undirib kelgan soliq inspektori qoʻlga olindi. Bu haqda DXXning viloyat boshqarmasi ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, Buxoro shahar davlat soliq inspektsiyasida jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻlimi davlat soliq katta inspektori lavozimida ishlab kelgan 46 yoshli A.K. mansabdor shaxs boʻla turib, tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini ta'minlash oʻrniga, uning noqonuniy tartibda faoliyat koʻrsatishiga rahnamolik qilib kelgan.

Tadbirkor D.M. «M.D.A.» YaTTni davlat roʻyxatidan oʻtkazib, «Yasmin» goʻzallik salonida ayollar uchun soch turmaklari va boshqa xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanib kelgan. Mijozlari kamaygach, oʻziga tegishli boʻlgan YaTT faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan. Oradan koʻp oʻtmay, Buxoro shahar davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining buyrugʻi asosida hududlarda mahalliy soliq toʻlovlarini undirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilgan. Xuddi shunday jarayonda YaTTning daromad soligʻi va ijtimoiy toʻlovdan qariyb 1 million 800 ming soʻm miqdordagi qarzdorligi mavjudligi aniqlangan.

Hududda oʻz xizmat vazifasini bajarib yurgan soliq katta inspektori A.K. tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtmay, faoliyat koʻrsatib kelayotganini aniqlagan va unga yordam berib turishini aytgan. A.K. tadbirkorning yoshligi va uning tadbirkorlik sir-asrorlarini toʻliq tushunmasligidan foydalangan. Unga davlat xizmatlari markazidan roʻyxatdan oʻtmasdan ishlashi mumkinligini va bu koʻmagi evaziga har oyda unga yil oxiriga qadar 500 ming soʻmdan pul berishi kerakligini talab qilgan. Tadbirkor D.M. esa oradan vaqt oʻtib, soliq katta inspektori A.K.ning pul mablagʻlarini noqonuniy talab qilayotganini tushunib, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan.

1998 yildan buyon soliq organlari tizimida faoliyat koʻrsatib kelgan A.K. oʻz avtomashinasi salonida tadbirkordan davlat xizmatlari markazidan roʻyxatdan oʻtmasdan ishlashiga sharoit yaratishi evaziga 500 ming soʻm miqdoridagi bir oylik pullarni pora sifatida olayotganida DXX tezkor xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. Avvaliga tan olmagan soliq mansabdori oʻziga kiyimlari va qoʻllari maxsus lampa yordamida kimyoviy ishlov berilgan «pora» yozuvli asoslar koʻrsatilib, audio suhbatlar eshittirilgach, aybiga iqrorlik bildirgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro shahar sudi hukmiga koʻra, A.K. Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan ayblanib, 2 yil 6 oy muddatga soliq tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishdan huquqidan mahrum qilingan. Shuningdek, unga nisbatan 4 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat