
Foto: Ichki ishlar vazirligi
Amanbay Orinbaev Qoraqalpogʻiston Ichki ishlar vazirligiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, tayinlov ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib boʻyicha buyrugʻi bilan amalga oshirilgan.
Tayinlovga qadar polkovnik Orinbaev Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, ushbu lavozimda 2016 yil sentyabridan shu kunga qadar Aytbay Temirxanov ishlagan. Hozirda uning qaysi lavozimga oʻtgani haqida ma'lumot mavjud emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar