
Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkentda 5 mart kuni to‘rt egizak — uch o‘g‘il va bir qiz tug‘ildi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, egizaklar Yunusobod tumani IIO FMB profilaktika inspektori, leytenant Behruz Xudoyberdiyev oilasida tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning boshlarida Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi oilada to‘rt egizak — 2 o‘g‘il va 2 qiz dunyoga kelgandi. Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida esa uch nafar egizak qizaloq tug‘ilgandi. Ularga Farangiz, Mehrangiz va Parizoda ismlari qo‘yilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar