12:24 / 07.03.2022
1 638

Talaba qizlarga kontrakt to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit beriladi — Prezident

Talaba qizlarga kontrakt to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit beriladi — Prezident
Bugun 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev bayram munosabati bilan so‘zlayotgan nutqida ayollarga e’tibor haqida gapirib o‘tdi.

Islohotlarimiz xalqimizni rozi qilishga qaratilgan, shu sababli ham barcha rahbarlar quyiga tushib, ishlashga o‘rgandilar.

Biz ayollarimiz ko‘zidagi qayg‘u yoshini xursandchilik, g‘alaba va baxt yoshiga aylantirishimiz kerak. Har qanday xalqning kamolini ayollarning darajasiga qarab belgilash mumkin.

Donishmand xalqimiz bejizga «birgina qizni o‘qitish, butun oilani o‘qitish, demakdir», deb bejizga aytmagan.

Qizlarimizning zamonaviy bilimlar va kasb-hunar egasi bo‘lib, jamiyatda hamda o‘z oilasida munosib o‘rin topishi uchun boshlagan ishlarimizni, bundan keyin ham izchil davom ettiramiz.

Bu borada, avvalo, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilindi.

Ushbu hujjat doirasida poytaxtda xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlarini tashkil etamiz.

Barcha talaba qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berish tartibi joriy qilinadi
, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Talaba qizlarga kontrakt to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit beriladi — Prezident