
Kadr: Telegram
Toshkent shahrida 50 ming so‘m evaziga uyida fohishaxona tashkil qilgan erkakka nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda «Mening yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, ustachilik bilan shug‘ullanuvchi ushbu fuqaro 2021 yilning 8 dekabr kuni 28 yoshli erkak va 35 yoshli ayolga o‘z uyining mehmonxonasidan joy bergan. Buning evaziga ulardan 50 ming so‘m olgan.
Aniqlanishicha, 50 yoshli erkak muqaddam ayni shu turdagi jinoyatni sodir etgani uchun sudlangan va unga nisbatan 1 yilga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan bo‘lgan.
Sud hukmiga ko‘ra, uch farzandning otasi bo‘lgan sudlanuvchi 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar