17:02 / 07.03.2022
1 878

Ayol borki, olam munavvar!

Ayol borki, olam munavvar!
O‘lkamizda yangilanish va yasharish fasli bahor kezib yuribdi. Ko‘klam oftobining zarrin nurlaridan bahra olib, yam-yashil maysalar nish urmoqda. Fasllar kelinchagi bo‘lmish bahorni ilk kunlarida keng tantana qiladigan bayram 8 - mart Xalqaro xotin qizlar kuni Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida ham keng nishonlandi. “Ayol bilan olam munavvar” deb nomlangan bayram tadbiriga boshqarma, Tumanlararo, shahar va tumanlar bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlar taklif etildilar.

O‘zgacha shukuh bilan tashkil etilgan tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda xotin-qizlarga bo‘layotgan e’tibor va ehtirom ustuvorlik kasb etayotgani ta’kidlandi. Darhaqiqat, bugungi kunda Byuroning viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlarida 32 nafar ayollar faoliyat olib bormoqda. Ular har jabhada qo‘llab-quvvatlanib, ma’naviy ko‘mak berilmoqda.

Tadbirda Byuro organlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyati alohida e’tirof etilib, bayram sovg‘alalari tantanali topshirildi.

Ayniqsa, davlat ijrochilari tomonidan yo‘llangan tabriklar, ona, ayolni madh etuvchi she’rlar, Namangan san’at kolleji o‘quvchilarining chiqishlari tadbirga zavq-shavq bag‘ishladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayol borki, olam munavvar!