
Foto: IIV
O‘zbekiston ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan polkovnik Abduvosit Abdurazzoqov bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Abduvosit Abdurazzoqov shu kunga qadar Uchtepa tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Abduvosit Abdurazzoqov 1981 yil 19 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2002 yil IIV Akademiyasini tamomlagan. So‘ngra ichki ishlar sohasining turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.
U 2020-2021 yillarda Sergeli tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari FMB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Abduvosit Abdurazzoqov o‘z vaqtida Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor xodimi sifatida xizmat qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar