
Foto: AP Photo / Rodrigo Abd
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida fuqarolarni yashin urishi holati kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Bugun, soat 11:45 da Dehqonobod tumani “Otkamar” MFYda noqulay ob-havo sharoiti natijasida 3 nafar fuqaroni yashin urgan.
Voqea oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, ikki nafar fuqaroning biriga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator davolanishga ruxsat berilgan. Ikkinchi fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
“Fuqarolarimizdan noqulay ob-havo sharoitida xavfsizlik choralariga amal qilishni so‘rab qolamiz”, deyiladi FVV xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar