
UNG Petro Toshkent shahrida benzin quyish shoxobchalaridagi kunlik narxlarni e’lon qilishni boshladi.

Foto: UNG Petro
Unga ko‘ra, Ai-80 «Lukoil» benzin quyish shoxobchasida eng qimmat narxda sotilmoqda — 1 litr uchun 7 990 so‘m.
Ai-92 esa eng baland narxda «Tatneft» shoxobchasida 1 litr uchun 10 500 so‘m bilan sotilmoqda.
Ai-95 turdagi benzinni eng arzon narxda mijozlarga UNG Petro va Mustang quyib bermoqda — 1 litriga 9 800 so‘m.
IBR Petroleum Station va Poytaxt oil benzin quyish shoxobchalarida narxlar 9 mart holatiga ko‘ra bir xil bo‘lmoqda. Ai-98 narxlari faqat UNG Petro’da 10 900 so‘m bilan ma’lum qilingan.
Butun dunyoda Rossiyaga qo‘llanilayotgan sanksiyalar tufayli neft narxi oshib bormoqda. Bu O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Eng kuchli ta’sir import xom ashyosidan ishlab chiqariladigan Ai-91, Ai-92, Ai-95 va Ai-98 markalaridagi benzinga nisbatan kuzatiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar