1 445
Ko‘p qavatli turar joy binolarining yarim yerto‘la qismida yashash xonadonlari quriladi
AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Qurilish vazirligi mas’ullari prezident farmonlari ijrosi yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, qurilish ishlarida ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi va muhandislik ob’ektlarini joylashtirish bo‘yicha bosh reja loyihalari ishlab chiqilgan. Dastur doirasida 21 ming 312 ta xonadonli 619 ta uy, 18 ta maktab, 24 ta bog‘cha, 15 ta oilaviy poliklinikalarni qurish rejalashtirilgan.
Uy-joylarning tan narxini kamaytirish maqsadida qurilish tashkilotlariga sement, metall mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda berilishi bo‘yicha imtiyozlar yaratilgan. Shu bilan birga, mazkur uy-joylarni qurilishi uchun xorijiy davlatlardan qurilish texnikalarini olib kirilishida bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan.
Shuningdek, ko‘p qavatli turar joylarning yerto‘la qismini foydali maydonga aylantirish yuzasidan respublikada amalda bo‘lgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqilgan.
Jumladan, bosh loyiha institutlari tomonidan 5,7,9,12 va 16 qavatli turar joy binolarining yarim yerto‘la qismida yashash xonadonlarini joylashtirish bo‘yicha namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, barcha turdagi uy-joylar loyihalarida zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallaridan keng miqyosda foydalanish nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi