
Foto: IIV
Evropada jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan shaxs Oʻzbekistonda qoʻlga olindi. Bu haqda Interpolning Oʻzbekistondagi milliy markaziy byurosi xabar qilmoqda.
Makedoniyaning Interpol milliy markaziy byurosi ma'lumotlariga asosan hamda Oʻzbekiston Interpol MMB xodimlarining tezkor harakatlari tufayli uyushgan jinoiy guruh a'zolaridan biri boʻlgan, Evropaning bir qator mamlakatlarida katta miqdorda oʻgʻrilik sodir etgan xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi hibsga olindi.
Interpol kanallari orqali tashkil etilgan oʻzaro hamkorlik natijasida jinoyatchi Oʻzbekistonda aniqlandi va qoʻlga olindi.
Bugungi kunda, olib borilgan muzokaralar va olingan tezkor axborotlar tufayli, xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxs sodir etgan jinoyatlariga sud oldida javob berish uchun makedoniyalik hamkasblarga topshirildi, deyiladi ma'lumotda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar