
Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent shahridagi temiryo‘l vokzali yaqinida joylashgan ko‘prik ostidagi tunnelda yuk avtomashinasi tiqilib qoldi. Poytaxt IIBB hodisa haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 9 mart kuni soat 17:50 larda Mirobod tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan H.D. «Shacman» rusumli tirkamali yuk avtomashinasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, u Shimoliy vokzal yaqinida joylashgan ko‘prikka kirish joyida, olib ketayotgan yukni balandligini hisobga olmaganligi sababli tunnel ichida tiqilib qolgan.
“Hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari yetib borgan. Yuk tashish qoidalarini buzgan haydovchiga nisbatan qonuniy choralar belgilangan”, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar