date 13:30 / 11.03.2022
views 2 826

Qashqadaryoda eshak soʻyganlar haqida rasmiy ma'lumot berildi

Qashqadaryoda eshak soʻyganlar haqida rasmiy ma'lumot berildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda eshak soʻyib, goʻshtini sotganlar aniqlangani haqida video va foto xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 10 mart kuni Koson tuman IIB xodimlari tomonidan tumanning «Paxtazor» MFYda yashovchi fuqaro B.S.ning xonadonidagi xoʻjalik xonalari koʻzdan kechirilganida bir bosh eshakni soʻyib, goʻshtini suyaklaridan ajratib qoʻyganligi, hovlisida esa yana 24 bosh eshak borligi aniqlandi.

Fuqaro B.S.ning yashash xonadonidagi xoʻjalik xonasida boʻlgan 1 bosh eshakning lahm goʻshtlari tegishli tartibda viloyat IIB JTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash boʻlinmasi, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Goʻsht mahsulotlari xolislar ishtirokida yoʻq qilindi. Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat