07:54 / 12.03.2022
1 227

Andijonda bog‘cha mudirasini qo‘rqitib, undan 350 dollar olgan bloger qo‘lga olindi

Andijonda bog‘cha mudirasini qo‘rqitib, undan 350 dollar olgan bloger qo‘lga olindi
Foto: Andijon viloyat IIB
Andijon viloyatida bog‘cha mudirasining ovozli xabarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 350 dollar olgan bloger qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yilning 9 mart kuni fuqaro X.S. huquq-tartibot organlariga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yilda Andijon shahridagi bog‘chalarning birida rahbar bo‘lib ishlaganini, ish vaqtida Telegram guruhi orqali xodimlariga berilgan ovozli topshirig‘ini topib olgan bloger uni internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 200 dollar olganini bildirgan.

Ariza muallifi bloger yana 150 dollar talab qilayotganini, uning aytganini qilmasa, ovozli xabarini internetda tarqatib yuborishini aytayotganini ma’lum qilib, unga nisbatan chora ko‘rilishini so‘ragan.

«Murojaatga asosan viloyat IIB hamda Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bloger N.F. ariza muallifi X.S.dan tovlamachilik yo‘li bilan talab qilingan pulning qolgan 150 dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi», — deyiladi viloyat IIB axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro N.F. qonuniy tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda bog‘cha mudirasini qo‘rqitib, undan 350 dollar olgan bloger qo‘lga olindi