
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida mahkumlarni pul evaziga ozodlikka chiqarib berishni va’da qilgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda M.P. ismli shaxs fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning tanishlari bo‘lgan Jizzax viloyatida joylashgan manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar O. va X.ni kafillik to‘lovi orqali ozodlikka chiqarib berishni va’da qilgani aniqlangan. Buning evaziga M.P. 136 million so‘m pulini plastik kartaga o‘tkazish orqali qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar