1 495
Farg‘onada 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuraga dorixonadan dori sotib olgan ayol ushlandi
Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida qalbaki 100 ming so‘mlik kupyura tayyorlab, uni muomalaga kiritgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, noma’lum ayol Qo‘shtepa tumanidagi «Yangi do‘kon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan dorixonaga borib, bir dona 100 ming so‘mlik pulga dori sotib olgan. Sotuvchi pulning qalbaki ekanini bilgach, ichki ishlar organiga murojaat qilgan.
O‘tkazilgan sudga oid texnik-kriminalistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 1 dona 100 ming so‘m qiymatidagi kupyura qalbaki usulda rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IBB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, tergovga qadar tekshiruv davomida qalbaki kupyura M.A. ismli ayol tomonidan tayyorlanganligi aniqlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi