
Ijtimoiy tarmoqlarda Boyovut tumanida bir kishini bir-necha «ko‘cha zo‘rlari» do‘pposlaganligi aytilayotgan videolavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borildi.
Mazkur holat joriy yilning 20 fevral kuni Boyovut tumani «Bekat» mahallasida sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB navbatchilik qismiga xabar berilib ro‘yxatga olingan. Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, tekshiruvlar davomida barcha gumonlanuvchilar aniqlangan.
Hozirda holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277 moddasi 2 qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing