date
views 2 426

«Kecha televizorda koʻrsatdi: tushungan, qadriga etgan odam xursand boʻlib yigʻladi» — Shavkat Mirziyoev

«Кеча телевизорда кўрсатди: тушунган, қадрига eтган одам хурсанд бўлиб йиғлади» — Шавкат Мирзиёев
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida boʻlib oʻtgan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻzbek paxtasidan boykot olingani haqida gapirdi. Ushbu holat «Menimcha» koʻrsatuvida namoyish etildi.

«Necha yillardan beri manfaat qilmadik. Paxtamizning rangi oq edi, lekin «qora» boʻlib yurdi. Biz buning uchun qancha qiynaldik. Agar siyosiy iroda boʻlmaganida shu narsalar boʻlarmidi? Lekin bu — kurash. Kecha televizorda koʻrsatdi, qadriga etgan odam xursand boʻlib yigʻladi. Millatimizning qiymati bu. Yana bir bor aytaman, shu vaqtgacha paxtamizning rangi oq edi, lekin «qora» boʻlib yurdi. Shunga qaramasdan qancha ishlar qildik?», — deydi davlat rahbari.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil 10 mart kuni Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi Oʻzbekiston paxtasiga e'lon qilingan global boykotni bekor qildi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Oʻzbekiston paxtasiga qoʻyilgan boykotni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorini olqishlashini ma'lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev «Cotton Campaign Oʻzbekistonni qora roʻyxatidan chiqargani ham juda katta imkoniyat ekanligini» ta'kidlagan edi. «Buning hisobiga iste'mol mahsulotlarining xom ashyosini olib kelib, ularni qayta ishlash orqali qoʻshimcha 1,5 milliard dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa boʻladi», — degan edi davlat rahbari.

Eslatib oʻtamiz, 2021 yilning mayida Mehnat vazirligi majburiy mehnat uchun ma'muriy javobgarlikni kuchaytirish hamda bolalar va majburiy mehnatdan foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlikning kiritilishi amalda ushbu sohada jazo samaradorligini oshirishga imkon berganini ma'lum qilgandi. 2022 yilning Xalqaro mehnat tashkiloti Oʻzbekiston 2021 yilgi paxta terimi davrida majburiy va bolalar mehnatiga barham berishga muvaffaq boʻlganini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, uzoq yillar davomida paxta terimi mavsumida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanilgani bois Oʻzbekiston paxtasi xalqaro jamoatchilik tomonidan «qora roʻyxat»ga kiritilgan, etakchi ishlab chiqaruvchilar Oʻzbekiston paxtasini boykot qilgan edi. Xalqaro mehnat tashkilotining Vashingtondagi ofisi direktori Kevin Kassidi esa oʻzbek paxtasi boykotini asossiz deb e'lon qilgandi.

2019 yilning 4 fevralida oʻsha vaqtdagi bosh vazir oʻrinbosari Tanzila Norboeva boshchiligidagi delegatsiyaning Vashingtonga ishchi tashrifida Cotton Campaign toʻqimachilik mahsulotlariga qarshi boykotni bekor qilish boʻyicha rejasini taqdim etgan edi.

Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi vakillari 2020 yilning 27 yanvar—6 fevral kunlari Oʻzbekistonda ishchi tashrif bilan boʻlgan edi. Ular bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ishtirok etgan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatini boykot qilishdan foyda yoʻq, deb aytgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kecha televizorda koʻrsatdi: tushungan, qadriga etgan odam xursand boʻlib yigʻladi» — Shavkat Mirziyoev