19:38 / 13.03.2022
1 407

Yo‘lning bir qismi o‘pirilishi sabab Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi

Yo‘lning bir qismi o‘pirilishi sabab Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi
Foto: Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan o‘tgan Taxtaqoracha dovoni 13 mart kuni soat 16:00 dan avtomobillar harakati uchun yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, yo‘lning 1138—1141-kilometrlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida avtomobil yo‘lida qisman o‘pirilish yuzaga kelgan.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatining ayrim hududlarida 13 mart kuni soat 9—10 lar atrofida quyuq bulut tushib, kuchli do‘l yog‘gandi. Mutaxassislar bunga o‘ta nam havo oqimlari sabab bo‘lganini aytgan.

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi bilan kuzatiladigan beqaror ob-havo keyingi haftaning birinchi yarmigacha saqlanib turadi. Ayrim viloyatlarda kuchli shamol va momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, «O‘zgidromet» 11—15 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfidan ogohlantirgan. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi mart oyi boshidan buyon saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, qator hududlarida 8—16 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘lning bir qismi o‘pirilishi sabab Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi