
Foto: Samarqand viloyati IIB
Samarqand viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida, Paxtachi tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, tumanning Ziyovuddin shaharchasi Istiqlol ko‘chasida joylashgan dehqon bozori yonida «Ziyovuddin – Navoiy» yo‘nalishi bo‘ylab noqonuniy tashkil etilgan avtoturargohda kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi haydovchilardan zo‘rlik ishlatib, ta’magirlik yo‘li bilan kunlik 30 ming so‘mdan «ulush» olib kelayotgan tumanning M.Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan X.I. hamda «Bog‘onali» mahallasida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan R.B.lar qo‘lga olindi.
Ushbu shaxslar, haydovchilarni talab qilingan pullarni bermagan taqdirida ularni avtoturargohga kiritmaslik hamda hayoti va sog‘ligiga tahdid qilish bilan qo‘rqitib kelishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar