
Buxoro viloyatidagi IES
Foto: Energetika vazirligi
2022 yilning oʻtgan uch oyi davomida Oʻzbekistonning 3 ta viloyatida umumiy quvvati 684 MVt boʻlgan 3 ta yangi issiqlik elektr stantsiyasi ishga tushirildi, deb xabar beradi Energetik vazirligi.
Xususan:
- 11 yanvar kuni Buxoro viloyatining Buxoro tumanida quvvati 270 MVt boʻlgan gaz-porshenli issiqlik elektr stantsiyasi;
- 14 yanvar kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz qurilmasi;
- 10 mart kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida quvvati 174 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stantsiyasi ishga tushirilgan.
Ushbu 3 ta elektr stantsiya yiliga 5 milliard 600 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 725 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qoʻshimcha 2 milliard 700 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.
Ma'lumot uchun, mart oyi yakuniga qadar Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 230 MVt boʻlgan navbatdagi, ya'ni toʻrtinchi yangi issiqlik elektr stantsiyasi ishga tushiriladi.
Buxoro Issiqlik elektr stansiyasi1 Energetika vazirligi1 Elektr energiyasi1 Elektr energiyasi ishlab chiqarish1
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring 
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar