1 158
Endi amaldorlarga biznes qilish va haq to‘lanadigan lavozimlarda ishlashi taqiqlanishi mumkin
O‘zbekiston qonunchiligiga amaldorlarga biznes qilish va boshqa haq to‘lanadigan lavozimlarda ishlashini taqiqlovchi normalar kiritilishi mumkin. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov 10 mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Agentlik rahbarining ta’kidlashicha, qonunchilikka davlat xizmatchilari tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkin emasligi, nafaqat tadbirkorlik, balki boshqa haq to‘lanadigan lavozimlarda ishlashini taqiqlovchi normalar kiritilmoqda.
«Manfaatlar to‘qnashuviga jinoiy javobgarlik belgilash masalasi ham qo‘yilgan. Aynan davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuvi uchun jinoiy javobgarlik belgilash taklifi bildirilgan. Parlament qabul qilib, davlat rahbari imzolagandan keyin qonun kuchga kirsa, bularning barchasi amalga oshadi. Jarayon jamoatchilikka e’lon qilib boriladi», — dedi agentlik direktori.
Burhonovning qo‘shimcha qilishicha, davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilishiga nisbatan keskin jazo choralarini ko‘rish vaqti kelgan.
«Hozirda mansabdorlarni manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan taqdirda davlat xaridi avtomatik tarzda bekor qilinadigan va amaldor o‘sha xaridda boshqa ishtirok eta olmaydigan tizim ustida ishlayapmiz. Bunda ijrochi Moliya vazirligi hisoblanadi», — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”