date
views 2 876

14 yil oldin bedarak yo‘qolgan shaxs topildi

14 yil oldin bedarak yo‘qolgan shaxs topildi
YPX xodimlari tomonidan 14 yil oldin bedarak yo‘qolgan shaxs aniqlandi.

2022 yil 14 mart kuni soat 06:30 larda, Chilonzor tumanida joylashgan «Erkin» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari F.Saidaxmedov va N.Tojiboyevlar tomonidan «Lacetti» rusumli avtomobil to‘xtatiladi.

Haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan Sh.P.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro 2008 yil 4 mart kunidan buyon bedarak yo‘qolganligi, hozirda qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Sh.P. Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 14 yil oldin bedarak yo‘qolgan shaxs topildi