Qashqadaryo viloyatida 3 ta holatda «jihodchilar» oqimi tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Qayd etilishicha, DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish doirasida bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Xususan, Q.G‘. ismli shaxs (1975 yilda Shahrisabz tumanida tug‘ilgan) 2017—2020 yillarda Rossiyada ishlab, ijtimoiy tarmoqlar orqali «Jihodchilar» diniy-ekstremistik oqimi a’zolari ta’siriga tushib qolgan. U oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan. Doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan keyin atrofidagilarga ushbu oqim g‘oyalarini targ‘ib qilgan hamda 6 kishidan iborat noqonuniy guruh tashkil etgan.
Boshqa holatda esa T.M. (1995 yilda Kasbi tumanida tug‘ilgan) 2016—2021 yillarda mehnat migranti sifatida Moskva shahrida bo‘lgan davrida diniy-ekstremistik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni ko‘rib, ekstremistik oqim tarafdorlari ta’siriga tushib qolgan. Doimiy yashash manziliga qaytganidan keyin ekstremistik mazmundagi materiallarini yaqin tanishlariga targ‘ib qilgan. Shuningdek, uylanganidan so‘ng turmush o‘rtog‘i bilan birga Suriyadagi terroristik tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, Mirishkor tumanida yashovchi T.J. (1996 yilda tug‘ilgan) Telegram messenjerida profil ochib, u orqali DЕO a’zolari tomonidan tayyorlanib, internetga joylashtirilgan aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni virtual guruhdagi do‘stlariga tarqatgani hamda ular bilan o‘zaro muhokama qilgani aniqlangan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida ularning boshqa aloqalarini aniqlash bo‘yicha ham tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi