Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 18.07.2018 yildagi sud buyrug‘iga asosan, Boyovut tumanida yashovchi qarzdor E.Shoakbarovdan undiruvchi D.Shoakbarovaning foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan bo‘lsada, E.Shoakbarov ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, hech qayerda ishlamasdan, davlat ijrochilari tomonidan bir necha marta rasman ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, 2018 yil oktabr oyidan 2021 yil iyul oyiga qadar 19 142 953 so‘mlik aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Buning natijasida JIB Boyovut tuman sudining 19.07.2021 yildagi qaroriga ko‘ra, MJtKning 47-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lishiga qaramasdan, E.Shoakbarov o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, 2021 yil iyul oyidan 2022 yil yanvar oyiga qadar 6 947 787 so‘mlik aliment hamda 4 125 060 so‘mlik moddiy yordam pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan qarzdor E.Sh.ga nisbatan 27.01.2022 yilda JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilib, natijasi bo‘yicha ayblov dalolatnomasi bilan JIB Boyovut tuman sudiga yuborilgan.
14.03.2022 yilda Byuroning Boyovut tumani bo‘limida o‘tkazilgan sayyor sud jarayonida, qarzdor E.Shoakbarovdan undiruvchi D.Shoakbarovaning foydasiga jami 30 215 800 so‘mlik aliment va moddiy yordam pullarini to‘liq to‘laganligi sababli jinoyat ishi JKning 66-1-moddasiga asosan yarashilganligi munosabati bilan E.Shoakbarov jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”