17:19 / 22.03.2022
4 172

«Hech kim qaytara olmayotgan qiz» videosiga munosabat bildirildi

«Hech kim qaytara olmayotgan qiz» videosiga munosabat bildirildi
Navoiy viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda «Bu qizni hech kim qaytara olmayapti» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy tumanida tug‘ilgan 38 yoshli Sh.D. 9 mart kuni soat 07:30 larda qizi A.R. bilan birgalikda Karmana tumani «Beshkent» mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zaro janjal ko‘targan. Xususan, ayol fuqaro B.N.ni qo‘l va oyoqlari bilan urib, uning ustiga qizib turgan yog‘ni sepib yuborgan. Karmana tumani STЕBning xulosasiga ko‘ra, B.N.ga o‘ng qo‘l bilak sohasi va barmoqlar uchki sohalari taxminan 2-3 foiz yuzasining I-II darajali termik kuyishi (yog‘dan) kabi jarohat yetkazilgan.

Bundan tashqari, u o‘zining jinoiy xatti-harakatlarini takroran davom ettirib, 18 mart kuni taxminan soat 17:30 larda o‘g‘li A.A. bilan birgalikda yana o‘sha joyda fuqaro B.N. bilan janjallashgan. Janjal vaqtida B.N.ni qo‘l va oyoqlari bilan tanasining turli sohalariga urib-tepib, unga tan jarohati yetkazgan.

Ta’kidlanishicha, fuqaro Sh.D. va uning voyaga yetmagan farzandlari bir guruh bo‘lib sodir etgan mazkur harakatlarga tergov jarayonida huquqiy baho beriladi.

Axloq qoidalarini mensimasdan, namoyishkorona bezorilik qilgani uchun fuqaro Sh.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi ayni paytda protsessual tartibda ushlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Hech kim qaytara olmayotgan qiz» videosiga munosabat bildirildi