Joriy yil 29-31 mart kunlari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Mazkur tashrif arafasida Toshkentda «Mushtarak tarix va madaniyatga asoslangan Turkiya–O‘zbekiston munosabatlarining 30 yilligi» mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi. Turkiya prezidenti devoni huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tashkil etgan tadbirda o‘zaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy aloqalarni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
«Doğuş» nashriyot guruhi vakili Ahmet Yeshiltepe moderatorligida bo‘lib o‘tgan anjumanda «Kirshehir Ahi Evran» universiteti professori Nur Chetin, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Bahromjon Sotiboldiyev hamda Markaziy Osiyo xalqaro instituti bo‘lim boshlig‘i Alisher Sobirov ma’ruza qildi.
Ekspertlar ikki mamlakat manfaat va maqsadlari bir-biriga mos kelishini qayd etib, do‘stlik va birodarlik darajasidagi aloqalarning izchil rivojiga ishonch bildirdilar.
Tahlillarga qaraganda, 2016 yildan boshlab O‘zbekistonda turk kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni 2 barobar, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan Turkiya sarmoyasi hajmi esa 10 barobar oshgan.
O‘zbekiston statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakatimizda xorijiy kapital ishtirokidagi yangi kompaniyalar soni bo‘yicha Turkiya birinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yillar davomida bu borada Xitoy yetakchilik qilayotgan edi. 2021 yilda turk sarmoyasi asosida 407 korxona ta’sis etildi.
Turkiya statistika instituti (TÜİK) ham ikki davlat o‘rtasida ham eksport, ham import ko‘rsatkichlari oshayotganini qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi