Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi sessiyasida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Samimiy ruhda boshlangan forum savol-javoblarga ulanib ketdi. Jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori Jonatan Charlz O‘zbekiston prezidentiga savol bilan yuzlandi. Ushbu holat «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi.
«Janob prezident, 2017 yilda O‘zbekistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki faoliyatini kengaytirish maqsadida kelganimizda mamlakatda boshlangan islohotlar haqida shijoat bilan gapirgandingiz. Bu tashabbus va harakatlar natijasini bugun barchamiz ko‘rib turibmiz. Inson qadri ulug‘langan tamoyillar asosida aholi turmush farovonligi oshmoqda. Shu o‘rinda, O‘zbekistonning kelgusi rivojlanish darajasini qanday ko‘rasiz? Shu haqda fikringizni bilmoqchiman», — deb savol bilan Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi Jonatan Charlz.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori Jonatan Charlz
Foto: «Daryo» / Madina Nurman
Davlat rahbari «2016 yilda katta-katta marralar ko‘zlaganida hamma ham ishonmaganini» eslab o‘tdi.
Ko‘p qishloqlarda bo‘laman, o‘zim ham qishloqda katta bo‘lganman va O‘zbekiston sharoitidagi qishloq odamlarining niyatlarini, istaklarini va ularning ancha-ancha qiynalib qolganlarini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganim menga juda katta turtki berdiki, islohotlarimizni keskin olib bormasak, odamlar bizga ishonmasligini men bilardim. Shuning uchun, albatta, oddiy odamlarning hayotini, ularning muammolarini bilish nuqtai nazaridan biz jamoamiz bilan birinchi kundan, qasamyod qabul qilganimdan boshlab bir narsani aytgandimki, bizning hamma yo‘nalishlarimiz insonni rozi qilishdan iborat bo‘lgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
- Biz «Taraqqiyot strategiyasi»ni qabul qildik. Bilasizlarmi, biz kichkina mamlakat emasmiz, 35 million kishidan oshdik. Bu juda katta mamlakat. Bizda 60 foizdan ko‘proq aholi yoshlardan iborat. Bolalarimiz jahon olimpiadalarida faqat sportdan emas, fanlardan yuqori o‘rinlarni olib kelishi men aytgan buyuk o‘zligimizni anglash nuqtai nazaridan bobolarimizdan meros qolgan ilmni, agar izlanib, hozirgi qo‘ygan rejalarimizni amalga oshirolsak, albatta, natijalarga erishamiz. Eng katta narsa, insonlarimiz qandaydir ertangi kelajakda emas, natijalarni, o‘zgarishlarni bugun ko‘rmoqchi.
Mahalla tizimini o‘zgartirish bo‘yicha katta-katta harakatlar qilyapmiz. Mahalla deganimizda jamiyatimizning eng quyi pog‘onasida xalqimizning dardi, muammolari hamma sohalarda, ishsizni ish bilan ta’minlash, tibbiyotni to‘g‘rilash, xalq ta’limini joy-joyiga qo‘yish, maktabgacha ta’lim, ayollarga munosib ish joylar yaratishdan iborat. Mening eng katta maqsadim — odamlarning roziligiga erishish, odamlarning intilishlariga munosib ishlar qilish va odamlar bilan ko‘proq muloqot qilish. Odamlar deganim — davlat idoralari xalqqa xizmat qilish. Men birinchi masalani inson, jamiyat, keyin davlat, deb qo‘yyapman. O‘zbekiston juda katta imkoniyatlari bor mamlakat. Faqat yerosti boyliklari emas, mehnatkash, serg‘ayrat, uddaburon xalqimiz, shiddatli yoshlarimiz bor. Ularga ishonib katta-katta marralarga erishishni tasavvur qilaman, — deya javob berdi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz