1 284
Sirdaryoda 14,5 ming dollar pora olgan soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi
Sirdaryo viloyatida korrupsiya, Farg‘ona viloyatida firibgarlik holatiga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Qayd etilishicha, 2021 yilda prokuratura organlari tomonidan Sirdaryo viloyatidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida MCHJning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha soliq idoralari hujjatli taftish o‘tkazgan. O‘sha davrda viloyat Davlat soliq boshqarmasida bosh inspektor bo‘lib ishlagan mansabdor shaxs aniqlangan 900 million so‘mga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar bo‘yicha belgilanishi lozim bo‘lgan 300 million so‘mlik jarima miqdorini 72 million so‘mga kamaytirib berish evaziga 14 ming 500 dollar miqdorida pora olgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mahalliy MCHJ vakilidan muqaddam pora sifatida olgan pullaridan 5 ming dollarini qaytarib berayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirda unga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i fuqaroni (1998 yilda tug‘ilgan) viloyatdagi harbiy qismlardan birining orkestriga tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yishini aytgan. U evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz