
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29 mart kuni O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Ayni vaqtda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida O‘zbekiston—Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi «Daryo».
Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida hamkorlik davom ettirilib, mamlakatda yangi universitetlar ish boshlashini aytib o‘tgan.
«Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida ham yo‘l xaritasi imzolanadi. O‘tgan yili Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston madaniyat kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Joriy yilda Toshkent va Samarqand shaharlarida Turkiya madaniyat kunlarini o‘tkazishni taklif qilaman. Shuningdek, ziyorat turizmi bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqishni taklif qilaman», — deydi O‘zbekiston prezidenti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar