Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining «Sitorai Mohi xossa» tarixiy muzey majmuasida qiz tovus paatlarini yulib olgani aks etgan videolavha tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, videolavha yuzasidan o‘rganish ishlari olib obilgan. Tezkor surishtiruv harakatlari natijasida aniqlanishicha, 26 mart kuni G‘ijduvon tumanida yashovchi N.T. ismli shaxs ikki nafar voyaga yetmagan qarindoshlari O.X. va S.X.lar bilan Buxoro shahridagi «Sitorai Mohi xossa» tarixiy muzey majmuasiga sayohatga kelgan. O.X. muzey hovlisida yurgan tovusning ikki dona patini yulib olgan.
Holat yuzasidan voyaga yetmagan O.X.ning onasi G.M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi