17:49 / 30.03.2022
1 114

Qidiruvdagi 12 ta qarzdor topildi

Qidiruvdagi 12 ta qarzdor topildi
Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan “Aliment undiruvi oyligi” doirasida aliment qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab qochib yurgan shaxslar va ularning mol mulklari qidirilmoqda.

Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan Ohangaron tumani hududida o‘tkazgan tezkor qidiruv tadbiri davomida, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, qochib yurgan 12 nafar qarzdor topilib, Byuroning tuman bo‘limga olib kelindi. Tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilib,ularga nisabatan ijro harakatlari davom ettirildi.Natijada ushlab kelingan qarzdorlardan 8 tasi aliment qarzlarini to‘liq va qisman to‘lagan.

Ushbu qarzdorlardan 4 nafariga esa nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 47-4-moddasiga asosan sud tomonidan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi 12 ta qarzdor topildi