22:23 / 30.03.2022
1 031

Farg‘onada o‘yinchoq to‘pponcha bilan bosqinchilik qilgan shaxslar aniqlandi

Farg‘onada o‘yinchoq to‘pponcha bilan bosqinchilik qilgan shaxslar aniqlandi
Farg‘onada o‘yinchoq to‘pponcha bilan ikki fuqaroni qo‘rqitib, ularning yonida bo‘lgan pullarni olib qo‘ygan shaxslarga hukm o‘qildi, deb xabar beradi UzNews.

Ma’lum qilinishicha, namanganlik fuqaro o‘zining jinoiy sheriklari bilan til biriktirib, Furqat tumani «Tomosha» qishlog‘iga kelgan. Ular o‘yinchoq to‘pponcha yordamida fuqaro Husanov va tojikistonlik yigitni qo‘rqitgan va ularni avtomashinaga o‘tqazib, Norin daryosiga olib borgan.

Shundan so‘ng jinoyatchilar Husanovdan avvaldan mavjud bo‘lgan qarzi evaziga 1,5 ming dollar berishni talab qilib, uning tanasidagi turli xil joylarga qasddan urib, yonida bo‘lgan 400 dollarni o‘zboshimchalik bilan qo‘lga kiritgan. Bu orada tojikistonlik yigitni ham o‘yinchoq to‘pponcha bilan qo‘rqitib, uning yonida bo‘lgan 11,6 ming dollarni olib qo‘ygan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudida jinoyatchilarning qilmishiga qonuniy baho berilgan. Unga ko‘ra, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 2-qismi «b», «v» bandlari, 164-modda (bosqinchilik) 3-qismi «b» bandi va 229-modda (o‘zboshimchalik) 1-qismi bilan aybli deb topilib, fuqaro Q.N. va M.I. 7 yil 1 oyga, B.A.ga esa 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada o‘yinchoq to‘pponcha bilan bosqinchilik qilgan shaxslar aniqlandi