Turkiya Prezidentining yurtimizga tashrifi yakunlanganidan so‘ng, davlatimiz rahbari Xorazmda rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Mamlakatimizda katta ko‘lamda qurilishlar bo‘lmoqda. Andijon, Namangan, Nukus va boshqa shaharlarda yangi shaharchalar barpo etilmoqda.
Shu tajriba asosida, Prezidentimiz tashabbusi bilan Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. Buning uchun aeroport yaqinidan 110 gektar yer ajratilgan.
Joriy yil 7 fevral kuni o‘tkazilgan taqdimotda shaharchaning umumiy konseptsiyasi tasdiqlangan edi. Bu gal undagi har bir inshootning ichki mazmuni muhokama qilindi.
Loyihaga ko‘ra, bu yerda universitet, IT park, uylar, maktab va bog‘cha, madaniyat va sport majmualari barpo etiladi. Shaharcha markazida Muhammad al-Xorazmiy sayilgohi bo‘lib, buyuk allomaning yangi haykali o‘rnatiladi.
Davlatimiz rahbari qurilish ishlarini boshqarish bo‘yicha komissiya tuzishga ko‘rsatma berdi.
— Bu yer shahar ichidagi shahar bo‘ladi. Universitet, innovatsion markaz va maktablar ilm va ta’lim klasterini tashkil etadi. Bu yerda ishlovchilar uchun uy-joylar, ilmga asoslangan sanoat zonasi ham bo‘ladi. Bu shaharchani shunga munosib qilib, sifatli qurish kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Urganchdagi San’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilib, ko‘rgazma maydonini kengaytirish, Xivadagi Qo‘g‘irchoq teatrini zamonaviy binoga ko‘chirish ham mo‘ljallangan. Prezidentimiz yangi binolardan samarali foydalanish, ularda qo‘shimcha xizmatlarni yo‘lga qo‘yib, daromad topishiga sharoit yaratish muhimligini ta’kidladi.
Kommunal sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tuzilmasini takomillashtirib, quyi tizimda samarali ishlatish vazifasi qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi