date
views 961

«Ayollar daftari»ga kiritilganlarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin

«Ayollar daftari»ga kiritilganlarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin
Hukumatning 31 martdagi qarori bilan «ayollar daftari»ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Nizomga muvofiq, «ayollar daftari»ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:
- ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
- tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
- boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
- uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
- qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun xotin-qizlarga 33 mln so‘mgacha 14 foizlik kreditlar:
- oilaviy tadbirkorlik uchun — 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
- chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
- bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.

Ayollarga 5 million so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.

Qayd etilishicha, mazkur nizom tasdiqlanishi munosabati bilan «ayollar daftari»ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ayollar daftari»ga kiritilganlarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin