
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani «Oydin» mahallasida yashovchi voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi 22 mart kuni o‘zini osdi, deb xabar beradi Nasafnews.
Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 22:00 larda «Oydin» MFYda yashagan, voyaga yetmagan 18-sonli maktabni 10-sinfda o‘qigan, 17 yoshli X.N. o‘z joniga qasd qilgan. Qiz o‘z yashash uyining ichki xonasi ustunlariga arqon bilan o‘zini osgani aytilmoqda.
Nashr manbasiga ko‘ra, marhuma qiz oila a’zolari va qo‘ni-qo‘shnilari bilan janjallashmagan. Uning ruhiyatida o‘zgarish bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Nishon tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida 9 mart kuni 11-sinf o‘quvchisi o‘zini osgandi. O‘shanda ham 2005 yilda tug‘ilgan qizning ruhiyatida o‘zgarish bo‘lgani aytilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar