17:52 / 03.04.2022
1 039

Ikki bosh bo‘rsiqni 3,5 million so‘mga sotayotganlar jazolandi

Ikki bosh bo‘rsiqni 3,5 million so‘mga sotayotganlar jazolandi
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan ishchi guruh Navoiy viloyatida bo‘lib, hududlarda ekologik nazorat ishlarini amalga oshirmoqda.

Ishchi guruh, viloyat Ekologiya boshqarmasining nazorat inspeksiyasi, IIB xodimlari hamda Milliy gvardiya hamkorligida Konimex tumanida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat reyd tadbirida «Do‘stlik» MFY hududida yashovchi fuqaro Sh.X va R.T ikki bosh bo‘rsiqni hech qanday ruxsatnomasiz tabiatdan ushlab, o‘z xonadonlarida saqlayotganligi aniqlandi va bu yovvoyi jonivorlarni 3 500 000 so‘mga sotmoqchi bo‘lishayotgan paytda ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 92-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.

Bo‘rsiqlarni tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki bosh bo‘rsiqni 3,5 million so‘mga sotayotganlar jazolandi