1 808
Chiroqchida fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida janjal aks etgan video bo‘yicha rasmiy ma’lumot
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududida fermerlar va ichki ishlar organi xodimlari o‘rtasida janjal yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat 31 mart kuni soat 09:00 da Chiroqchi tumani «Oq oltin» mahallasida joylashgan «Shomurod ota» fermer xo‘jaligida sodir bo‘lgan. Ferma rahbari A.D. o‘ziga tegishli bo‘lgan 20 gektar yer maydonini shudgor qilmoqchi bo‘lganida bir nechta fuqarolar tomonidan qarshilik ko‘rsatilgan. Shu sababli fermer ichki ishlar organlariga holat bo‘yicha xabar bergach, xodimlar voqea joyiga yetib kelib, jamoat tartibini saqlab, ko‘ngilsiz holatlarning oldini olgan.
Holat yuzasidan qarshilik ko‘rsatgan fuqarolarga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq faollaridan ichki ishlar orga xodimlarining faoliyati to‘g‘risida asossiz, noto‘g‘ri yoki yolg‘on xabarlarni tarqatmasliklarini, bunday holatlar uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tamiz», — deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarda aytilishicha, «Shomurod ota» fermer xo‘jaligi rahbari kichik fermerlarni aldab, birga ishlaymiz deb, ularni yerlarini o‘z nomiga o‘tkazib olgan. Bundan norozi bo‘lgan yer egalari yerlarini qaytarib olish uchun janjal ko‘targan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi