13:35 / 05.04.2022
1 051

DXX Toshkentda narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki kishini qo‘lga oldi

DXX Toshkentda narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki kishini qo‘lga oldi
DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zA.

Xususan, poytaxt tomon harakatlangan Farg‘onada yashovchi shaxs boshqaruvidagi Nexia Toshkent viloyatining «Chinor» YPX maskanida to‘xtatilib, avtomashinada 1196 dona «Tropikamid», 5544 dona «Regapen» va 56 dona «Lirika» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. Tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 30 yoshli fuqaro qo‘lga olingan.

Qirg‘izistondan olib kelingan dori vositalarini Toshkent shahriga berib yuborgan, Namangan viloyatida yashovchi shaxs ham Andijon viloyatida ushlanib, uning Nexia rusumli avtomashinasida bo‘lgan 1002 dona «Tropikamid» dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, Toshkentning Yangihayot tumanida harakatlanayotgan, Namangan shahrida yashovchi 47 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida bo‘lgan 495 dona «Tropikamid» dori vositalari o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yilgan. Ushbu dori vositalarining egasi — Namangan shahrida istiqomat qiluvchi 30 yoshli shaxs qo‘lga olingan.

Uchtepa tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinadan esa 1680 dona «Regapen» dori vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Namangan viloyatida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashina Shayxontohur tumani hududida to‘xtatilgan va unda 198 dona «Tropikamid» dori vositalari borligi aniqlangan. Shuningdek, ularni sotib olmoqchi bo‘lgan, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 57 yoshli shaxsning yashash xonadonidan 50 dona «Tropikamid» va 56 dona «Regapen» dori vositalari olingan.

Yunusobod tumanida qayd etilgan holatda marixuana giyohvandlik vositasi hamda mefedron sintetik moddasini tayyorlovchi narkolaboratoriya tashkil etilgan 31 va 29 yoshli ikki fuqaro qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, ushbu shaxslar giyohvand moddalarni Telegram’dagi maxsus guruhlar orqali sotish bilan shug‘ullangan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Toshkentda narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki kishini qo‘lga oldi