
Mart oyida O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i va shakar narxlarida o‘sish kuzatildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli muhim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarida, masalan, go‘sht, kartoshka kabi mahsulotlar narxi keskin o‘zgarishining oldi olib qolindi.
Hakimovning ta’kidlashicha, hukumat tomonidan muhim rezervlar (masalan, shakar) har bir viloyatlarga yetarli darajada bo‘lib berilgan.
- Lekin ayrim bir mahalliy hokimliklar tomonidan mana shu ajratilgan rezervlarni vaqtida joylarga yetkizib borilmaganligi ajiotajlar paydo bo‘lib, narxlar ko‘tarilishi holatlari kuzatilgan, — dedi Hakimov.
Ajratilgan rezervlarni o‘z vaqtida tarqatish va bozorlardagi narxlarni keskin oshishini oldini olish bo‘yicha alohida ishlar olib borish bo‘yicha topshiriqlari berildi.
- Mahsulotlar va bozorlardagi holatlar tahlil qilib borilyapti va o‘sha bozorlardagi o‘zgarishlarni tezkor ravishda to‘g‘irlash bo‘yicha choralar ko‘rilyapti, — dedi Hakimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 aprel holatiga shakar qoldiqlari 250 ming tonnadan ortiq tashqil qildi. Aholining bug‘doy uni yillik iste’moli 2,5 mln tonna bo‘ladigan bo‘lsa, hozirgi zaxiralarning o‘zi 1 mln tonnaga yaqin.
Bundan tashqari 500 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar kerakli oziq-ovqat mahsulotlarining importi uchun berilgan. Bu kreditlar muddati yana uzaytirildi.
O‘zbekistonOziq-ovqat MahsulotlariNarxlar O‘sishiShakar NarxiO‘simlik Yog‘iMahalliy Hokimliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar