11:31 / 06.04.2022
1 486

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi otishmada ikki qirg‘izistonlik halok bo‘ldi

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi otishmada ikki qirg‘izistonlik halok bo‘ldi
Qirg‘iziston—O‘zbekiston davlat chegarasi uchastkasida 5 aprel kuni qurol qo‘llash bilan bog‘liq hodisa ro‘y berdi, deb xabar qildi «Kabar.kg» Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati matbuot xizmatiga tayanib.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jalolobod viloyati Axsi tumani Deyres qishlog‘ida qirg‘izistonlik bir necha fuqaro O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda yuk olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Ular O‘zbekiston hududidagi davlat chegara chizig‘idan 500 metr uzoqlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara xizmati xodimlari tomonidan aniqlangan. Kontrabandachilar o‘zbek chegarachilarining to‘xtash haqidagi talablariga bo‘ysunmagan.

Qo‘shni davlat fuqarolarini hibsga olish vaqtida janjal kelib chiqqan. O‘zbekiston chegarachilari o‘z hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolish maqsadida qurol ishlatgan, oqibatda ikki fuqaro hayot uchun xavfli tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan. Qolgan jinoyatchilar Qirg‘iziston hududiga qochishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekiston chegarachilarining ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston fuqarolari qiymati 20 ming dollardan ortiq bo‘lgan kontrabanda yukini olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lgan fuqarolar o‘zbekistonlik bo‘lgan, biroq 2012 yilda Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. Ular O‘zbekiston pasportini o‘zlari bilan olib yurgan.

«Voqea joyiga borgan Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Chegara vakillari voqea yuzasidan har bir tomon o‘z tekshiruvini o‘tkazishiga kelishib olgan», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi otishmada ikki qirg‘izistonlik halok bo‘ldi