08:00 / 07.04.2022
919

Samarqandda mansabdor shaxsdan pul undirmoqchi bo‘lgan soxta “bloger” ushlandi

Samarqandda mansabdor shaxsdan pul undirmoqchi bo‘lgan soxta “bloger” ushlandi
Foto: IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Narpay tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan N.X., tuman hokimligi mansabdorlaridan moddiy mablag‘ undirishni maqsad qilib, ularning faoliyati xususidagi asossiz va noxolis materiallarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish yo‘li bilan tahdid qilgan. So‘ng ushbu materiallarni tarqatmaslik evaziga 15 million so‘m miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilgan.

2022 yil 6 aprel kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, N.X. mansabdor shaxsdan tovlamachilik yo‘li bilan 15 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda mansabdor shaxsdan pul undirmoqchi bo‘lgan soxta “bloger” ushlandi