Kadr: Telegram
«Andijon» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i hibsga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 3 mart kuni Andijondagi «Do‘stlik» postida yuk mashinasi to‘xtatilgan va hujjatlarda unga 5780 dollarlik tovarlar ortilgani ko‘rsatilgan. Postda tovarlarni tekshirish iloji bo‘lmagani sababli yuklar «Andijon» tashqi iqtisodiy faoliyat postiga yo‘naltirilgan.
«Qizig‘i shundaki, orqadan 30-40 daqiqa o‘tib, tovarlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmay, bojxona omboridan olib chiqib ketiladi. Yuklar chiqib ketganidan 10 daqiqa o‘tib, tovarlar import bojxona rejimiga rasmiylashtiriladi. Boz ustiga boshqa xodimning elektron kaliti orqali. Ammo ushbu yuk avtotransport vositasi Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyatining maxsus topshirig‘iga binoan Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan tezkor kuzatuvga olinganini na yuk egalari, na ularning bojxona postidagi hamtovoqlari bilmas edi», — deyiladi xabarda.
Bojxona omboridan o‘z manziliga yo‘l olgan yuk avtotransporti Andijon shahri Gulzor ko‘chasida to‘xtatilgan. Yuk avtomashinasi bojxona omboriga qaytarilib, undagi tovarlar to‘liq ko‘zdan kechirilganida, hujjatlarda ko‘rsatilmagan 31 turdagi tovarlar ortilgani fosh bo‘lgan.
Shunday qilib, hujjatlarda ko‘rsatilmagan kiyim-kechaklar, poyabzallar, kosmetika vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa tovarlarning umumiy qiymati 5 milliard 565 million so‘mdan oshmoqda. Agarda ushbu tovarlar qonuniy yo‘llar bilan import qilinganida, davlat budjetiga qariyb 2 milliard so‘mdan ortiq bojxona to‘lovlari undirilgan bo‘lar edi.
19 mart kuni Davlat bojxona qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurash masalasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi xizmat yig‘ilishida yuqoridagi voqeaning qo‘shtirnoq ichidagi 4 nafar qahramoni ham ishtirok etgan. Yig‘ilishda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingan va «Andijon» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i va 2 nafar xodimi shu yerning o‘zida hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, fevral o‘rtalarida Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yilda bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda davlat rahbari «bojxona tizimi pastdan boshlab eng yuqori bo‘g‘ingacha o‘zgarishi kerakligi»ni qayd etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?