Jizzax shahrida 23 yoshli yigit sobiq sevgilisidan sir saqlanishi lozim bo‘lgan videotasvirlarni internetga chiqarib yubormaslik uchun 400 AQSH dollari so‘ragan. Bu haqda IIV tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 19 mart kuni Jizzax shahrida yashovchi 23 yoshli ayol shahar IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi sobiq yigiti uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan videotasvirlarini internet orqali tarqatib, yaqin qarindoshlariga ko‘rsatish bilan uni qo‘rqitib, tarqatmaslik evaziga qizdan 400 dollar so‘ragan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida yigit pullarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi