Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Chinoz tumanidagi tijorat banklaridan birining xodimi «X.A.» sodir etgan noqonuniy faoliyat fosh etildi.
Xususan, «X.A.» mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda, 2020 yilda turmush o‘rtog‘i nomiga dehqon xo‘jaligi tashkil etib, uni o‘zi ishlaydigan bank ta’minotchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan.
So‘ngra «Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida 15 nafar fuqaroga ajratilgan jami 397,3 mln. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini dehqon xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazib, fuqarolarga naqdlashtirib berishi natijasida ushbu mablag‘lar maqsadsiz sarflangan.
Shuningdek, «X.A.» 2021 yilda 3 nafar yaqin tanishi nomiga dehqon xo‘jaliklari tashkil qilib, ularni ham bank ta’minotchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan va «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida 71 nafar fuqaroga ajratilgan jami 2 mlrd. 182 mln. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini ushbu xo‘jaliklar orqali naqdlashtirib berishi natijasida mazkur mablag‘lar maqsadsiz sarflangan.
Bundan tashqari, 2020 yilda 10 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan mini pechlar xarid qilish uchun 60 mln. so‘m miqdorida kredit ajratilishiga erishgan va ularni ham o‘ziga tegishli ta’minotchi dehqon xo‘jaligi hisobiga o‘tkazib, talon-toroj qilgan.
Hozirda «X.A.»ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi